» » Galaktikadagi diffuz materiya. Yulduzlararo gaz. O`ta qaynok yulduzlar

Galaktikadagi diffuz materiya. Yulduzlararo gaz. O`ta qaynok yulduzlar

03 2013,
1 937
0

Ma`lum yuzani kuzatish uchun teleskoplarning obekti oldiga poleroid analizator qo`yiladi. Bu analizator o`qi atrofidan aylanish vaqtida obektivdagi manba nurlanishi maksimumga erishadi Yoki minimumlariminimumga, maksimumlari maksimumga erishadi. Natijada intensivligi juda yuqori bo`lgan tasvir oqulyarga tushadi.


Koinotda chang zarrachalarining bunday qutblanishi astrrfizik asosiy kattaliklaridan biri hisoblanadi. Eruptiv o`zgaruvchi yulduzlar bo`lib, yorqinligi keskin o`zgaruvchi (chaknovchi) yulduzlardir. Ularning chaqnashlari portlash hisobiga bo`ladi. Portlash tufayli bunday yulduzlarning ravshanligi bir necha kun davomida o`nlab million marta ortadi ya`ni yulduz kattaligi 18-19 kattalikka ortadi. Yulduz o`z ravshanligining maksimumiga erishganda, o`zi joylashgan Galaktika ravshanligidan o`nlab marta ko`p ravshanlikka ega bo`ladi va absolyut yulduz kattaligi -11 dan to -18 kattalikkacha yetadi. O`ta yangi yulduzlar o`z yorqinligining maksimumiga, portlash yuz bergandan keyin 2-3 xafta o`tgach erishadi va so`ngra bir necha oy davomida uning yorqinligi 25-30 marta kamayadi.


Ma`lum galaktikada taxminan 100 yil ichida o`tayangi yulduzlarning chaqnashi 1-2 martagina bo`lishi mumkin. Tarixda bizning Galaktikamizda ham bir necha o`ta yangi yulduzlarning chaqnashi kuzatilgan. Bular ichida Savr yulduz turkumida 1054 yilda Xitoy astronomlari tomonidan kuzatilgani eng quvvatlilaridan hisoblanadi. Bu yulduzni bir necha kun davomida portlashdan so`ng kunduzi ham ko`rishning iloji bo`ldi. 1572 yili boshqa bir o`ta yangi yulduz Tixo Brage tomonidan Kassiopeya yulduz turkumida, 1604 yili esa, Kepler tomonidan Ilon Eltuvchi yulduz turkumida kuzatildi.



.

-. TAS-IX!
, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019