» » Bog`dod astronomiya maktabi va uning faoliyati

Bog`dod astronomiya maktabi va uning faoliyati

03 декабрь 2013, Вторник
1 328
0

Ummoidlar sulolasi tomonidan arab xalifati boshqarilgan davrda (661-750 y.y.) uning markazi Madinadan Damashqqa ko`chirildi. Abbosidlar sulolasi taxtga o`tirgach, 762 yili xalifatning markazi mazkur sulolaning ikkinchi xalifi Al-Mansur tomonidan poytaxt Damashqdan Bog`dodga ko`chirildi.
Bog`dod poytaxt sifatida asos solingin kundan boshlab olimlar uning rivojlanishida aktiv rol o`ynadilar: shahar xududidagi geodezik o`lchashlar va qurilishlarni planlashtirish ishlarini al-Mansur saroyining taniqli olimlaridan forsiy Naubaxt, yahudiy Manassiy (keyinchalik arabcha Mashalloh nomi bilan tanilgan), astronom Umar ibn al-Farruxan at-Taboriy (tabaristonlik) aktiv faoliyat ko`rsatdilar.


Ayni davrda xalifat saroyiga hindistonlik Kanaka ismli olim tashrif buyurib, xalifga hind astronomlari bergan risolalarni – siddxantlarni sovg`a qildi. Bu risolalar ichida eng nodiri mashhur hind astronomi Braxmaguptaning (VI asr) "Braxmaspuxuta-siddxant" asari ham bor edi.

Bu asar mashhur olimlar Ibrohim al-Fazoriy va Yoqub ibn Tariq tomonidan tarjima qilinib, uning arabchalashtirishgan nusxasi "Sindhind" tayyorlandi. Shuningdek, Yoqub ibn Tariq Braxmaguptaning "Kxandakxadyaka" asarini ham ishlab chiqdi. Ko'p ?tmay al-Mansurning nevarasi (Maxdiy ismli o'g`lining o'gli) Xorun ar-Rashid (786-809 yillari xalifalik qilgan) davrida uning saroyida al-Fazoriyning o'gli Muhammad ibn Ibrohim al-Fazoriy va Naubaxtning o'g`li al-Fadl ibn Naubaxtlar ishladilar. Al-Fadl astronomik asarlarni fors tilidan arabchaga tarjima qildi.



Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.

 

Bogdod-astronomiya-maktabi-va-uning-faoliyati.doc [42 Kb] (cкачиваний: 50)
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2019