» » Ekologiya va salomatlik

Ekologiya va salomatlik

04 2014,
9 529
0

Nisbiylik nazariyasini yaratib, jahonga mashhur bo`lgan olim Albert Eynshteyn Yadrodan ajralgan atom tabiatdagi ko`p narsalarni o`zgartirdi, ammo odamlarning fikrlash qobiliyatini o`zgartira olmadi, deb afsuslanib yozgan. Chunki, ma`naviyat ko`p hollarda fan rivojiga bog`liq emas. Zero, insonga xos bo`lgan ushbu olijanob fazilat eramizdan avval yashagan ajdodlarda ham bo`lgan.2Moskvada nashr etiladigan Rossiya shifokorlarining eng nufuzli gazetasi hisoblangan Meditsinskaya gazeta ning tahririyatida 1992 yilning dekabr oyida o`tkazilgan taniqli olimlarning ekologiya muammolariga bag`ishlangan davra suhbatida e`tirof etilishiga ko`ra, ekologiya inson faoliyatini cheklash doirasida xizmat qiladigan fan sifatida ifodalangan. Bu ma`lum ma`noda to`g`ri bo`lsa kerak, deb ta`riflaydi, mazkur gazetaning bosh muharriri professor P. Komarov3. Chunki, Allox dunyoni yaratishda eng avvalo yerni, so`ngra suvni, havoni, keyin o`simliklarni, hayvonlar-u-parrandalarni va eng oxirida odamni yaratgan ekan. Odam esa o`z faoliyatida daraxtlarni kesdi, hayvonlarni qirdi, daryo-ariqlarni quritdi yoki suvini ifloslantirdi, yerni kovlab ag`dar-to`ntar qildi. Bular natijasida odam o`zini-o`zi qirishga kirishdi.Odam ekologiyasi odamning atrof-muhitga munosabatini belgilabgina qolmay, avvalo odamning o`zini o`ziga, oila-a`zolariga, barcha yaqinlariga, shuningdek, jamiyatga, Vatanga munosabatini ham belgilaydi.Shunday qilib, ekologiya muammosi faqat ishlab chiqarishgagina taalluqli bo`lmay, u axloq, ma`naviyat muammosi hamdir. Zotan, o`zi yashayotgan muhitni ifloslantirishi tufayli, nafaqat hozirgi davrda yashayotgan avlod, balki kelajak avlod sog`lig`i va hayotiga ziyon yetkazayotgan odamni axloqli, vijdonli deyish qiyin.Daryolarga to`siq (platina) qo`yib, sun`iy suv havzalari qurish foyda o`rniga ziyon yetkazadi. Chunki qo`yilgan to`siqlarga ko`p miqdorda og`ir metall tuzlari va boshqa zaharli kimyoviy moddalar cho`kib, qalin qatlamlar hosil qiladi va suvni zararlaydi. Bu esa baliqlarga ham, dehqonchilikka ham, odamlarning sog`lig`iga ham ziyon yetkazadi, deb ta`kidlandi, olimlarning davra suhbatida.Tabiiy muhitda odam sog`lig`iga zarar yetkazadigan faktorlar (omillar) juda ko`p. Jumladan,- Dunyo fani ro`yxatida 6 mln turdagi kimyoviy moddalar bor4.- shulardan hozirgi kunda 60 mingtasi sanoatda, qishloq xo`jaligida, turmush jarayonida keng qo`llanmoqda;- sanoatda qo`llanayotgan kimyoviy moddalar: og`ir metall tuzlari (qo`rg`oshin, simob, benzin, gaz);- qishloq xo`jaligida qo`llanayotgan kimyoviy moddalar: gerbitsidlar, pestitsidlar.- turmush jarayonida qo`llanayotgan kimyoviy moddalar: dorilar, ovqatga, pishiriqlarga qo`shiladigan kimyoviy moddalar, ayollarning sochi, tirnoqlarini bo`yashga ishlatiladigan lak, kir yuvadigan poroshoklar va bo`yoqlar. Shuningdek, sigaret, nos, narkotik moddalar, spirtli ichimliklar.Kimyoviy moddalarning odam organizmiga kirish yo`llari. Kimyoviy moddalar odam organizmiga ovqat hazm qilish a`zolari, nafas olish, teri, shuningdek, in`yeksiya qilish orqali kiradi.Organizmga kirgan moddalar qon orqali o`pka, yurak (Yurak haqida referat), jigar, buyrak, miya, oshqozon-ichak, endokrin, immun, jinsiy tizimlarga zaharli ta`sir ko`rsatib, kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.Kimyoviy moddalarning odam organizmiga kirish yo`llari.

Kimyoviy moddalar odam organizmiga ovqat hazm qilish a`zolari, nafas olish, teri, shuningdek, in`yeksiya qilish orqali kiradi.Organizmga kirgan moddalar qon(Qon haqida referat ) orqali o`pka, yurak, jigar, buyrak, miya, oshqozon-ichak, endokrin, immun, jinsiy tizimlarga zaharli ta`sir ko`rsatib, kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo`ladi.Odam sog`lig`iga ta`sir etadigan faktorlar. Tashqi muhit havo, suv, tuproq va boshqa narsalarni zararlanishi odam organizmining ichki muhiti () ni buzilishiga, ya`ni endoekologik deb nomlangan kasalliklarni vujudga kelishiga sabab bo`layapti. Jumladan,Avtotransportdan ajratiladigan chiqindi gaz tarkibida 100 dan ko`proq zaharli kimyoviy moddalar bo`lib, ular havo tarkibida nafas a`zolariga kirib, yallig`lanish va allergik kasalliklarni yuzaga kelishiga sabab bo`layapti.

.

Ekologiya-va-salomatlik.doc [89.5 Kb] (c: 972)

-. TAS-IX!

, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019