Fransiya

26 декабрь 2013, Четверг
6 577
0

Fransiyaning iqtisodiy-geografik o'rni uchun ikkita asosiy hususiyat xosdir Birinchisi mamlakat «EIX» ga a'zo mamlakatlar bilan bevosita chegaradosh, uning chegarasi yaqinida mamlakatning rivojlangan industrial rayonlari joylashgan. Pade de-Kale bo'g'ozi mamlakatni Buyuk Britaniyadan ajratib turadi. Ikkinchi xususiyati shuki,Fransiya sohillari Atlantika okeani va uning dengizlariga Shimoliy va O'rta dengizga tutashib turadi. Bu hol unga okean ortidagi va Yevropadagi mamlakatlar bilan arzon dengiz transporti orqali aloqa qilish uchun imkon beradi.

Mamlakatning g'arbiy va shimoliy rayonlari tekislik va past tog'lardan iborat. Markazi va sharqida o'rtacha balandlikdagi tog'lar, janubi-g'arbida Pireniya, janubi-sharqida Alp tog'lari joylashgan. Iqlimi-mo''tadil dengiz iqlimi sharqida kontinental, O'rta dengiz sohilida subtropik iqlim. Mamlakatning yirik daryolari Sena, Rona, Luara, Garanna, sharqida Reyn daryosining bir qismi oqadi. Hududning 24 foizini o'rmonzorlar tashkil etadi.

Fransiya davlat tuzumiga ko'ra respublika boshqaruvidagi mamlakat. Davlat boshlig'i prezident bo'lib, 7 yil muddatga saylanadi. Konun chiqaruvchi oliy hokimiyat organi- 2 palatali Millat majlisi va Senatdan iborat parlament. Hukumat rasman parlament oldida javobgar bo'lsa ham, ammo Prezidentga bo'ysunadi.

Mamlakat ma'muriy jihatdan 96 ta departamentga bo'linadi.
 
 
Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.
Fransiya.doc [75.5 Kb] (cкачиваний: 572)
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2019