Yaponiya ob-havosi

27 декабрь 2013, Пятница
2 164
0

Yaponiya tog'li mamlakat. Mamlakatdagi tekislik yerlarning ko'p qismi dengiz qirg'oqlarida joylashgan bo'lib orollar maydonlarining 1\2 qismini egallaydi. Yaponiyada ko'pdan-ko'p vulkanlar joylashgan. Ayniqsa vulkanlar Xonsyu orolining markaziy qismida joylashgan. Yaponiyada eng yuqori nuqta Fudziyama vulkani uning baland nuqtasi 3776 m hisoblanadi.

Yaponiyaga mussonlar ko'pdan-ko'p yog'inlar keltiradi. Qish oylarida shimoli g'arbiy tomonidan esadigan mussonlar g'arbiy qirg'oqlarga yog'inlar keltiradi. Janubi sharqdan esadigan yozgi mussonlar esa mamlakatning sharqiy qirg'oqlariga ko'plab iliq yog'inlarni keltiradi.

Mamlakatda issiqlik va namlikning ko'pligi janubiy Yaponiyaning tropik va subtropik oblastlarida dehqonchilik sohasida bir yilda 2 marta hosil yig'ishtirib olinadi. (sholi va sabzavot). O'rmonlar mamlakat hududining 2\3 qismini egallaydi. Daryolarning serostonaligi, qisqaligi ulardan kamchilikda kemachilikda foydalanish noqulaydir, lekin daryolar suvidan gidroenergetika va dalalarni sug'orishda ularning ahamiyati katta.

Yaponiya Osiyoning sharq tomondan o'rab turgan orollarda joylashgan. Bu orollar yoyi shimoli-sharqdan janubi-g'arbga tomon 3 ming kmdan ortiqroq masofaga cho'zilgan, to'rtta katta (Xonsyu, Xokkaydo, Kyusyu, Sikoku) orollardan va juda ko'p mayda orollardan iborat. Mamlakat hududi g'arbdan Yapon dengizi, sharqdan esa Tinch okean suvlari bilan o'ralgan.

Yaponiyaning orollarda joylashganlik xususiyati, uning dengiz xo'jaligini, ichki va tashqi aloqalarini rivojlantirishda muhim ahamiyat kasb etadi.

Mamlakat Osiyoning chekka sharqida joylashganligi uning iborali nomida aks etgan: u «Kunchiqar-mamlakat» deb ataladi.

Koreya bug'ozi Kyusyu orolini Koreya yarim orolidan, Laperuz bug'ozi Xakkaydo orolini 43 km masofaga Rossiyaning Saxalin orolidan ajratib turadi.

 
 
Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.
Yaponiya.doc [87.5 Kb] (cкачиваний: 76)
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2019