Kompyuter tushunchasi

30 ноябрь 2013, Суббота
4 417
0

Kompyuter - inglizcha so`z bo`lib, u hisoblovchi demakdir. Garchand u hozirda faqat hisoblovchi bo`lmasdan, matnlar, tovush, video va boshqa ma'lumotlar ustida ham amallar bajaradi. Shunga qaramasdan hozirda uning eski nomi – kompyuter saqlangan. Uning asosiy vazifasi turli ma'lumotlarni qayta ishlashdan iborat. Avallo shuni aytish lozimki, ko`pchilikning tushunchasida go`yoki biz kundalikda foydalanadigan faqat shaxsiy kompyuter bor xolos.

Bunga albatta sabablar ko`p. Shulardan biri hozirgi zamon shaxsiy kompyuterlari ilgari universal deb hisoblangan kompyuterlardan tezligi va xotira hajmi jihatidan ancha oshib ketganligida bo`lsa, ikkinchi tomondan ko`p masalalarni yechish uchun bu kompyuterlar foydalanuvchilarni qanoatlantirishidadir.

Hozirda kompyuter termini ko`p uchrasada, shu bilan birga EHM (elektron hisoblash mashinalari), HM (hisoblash mashinalari) terminlari ham hayotda ko`p ishlatib turiladi. Ammo biz soddalik uchun faqat kompyuter terminidan foydalanamiz. Kompyuterlarning amalda turli xillari mavjud: raqamli, analogli (uzluksiz), raqamli - analogli, maxsuslashtirilgan. Ammo, raqamli kompyuterlar foydalanilishi, bajaradigan amallarning universalligi, hisoblash amallarining aniqligi va boshqa ko`rsatkichlari yuqori bo`lgani uchun, ular ko`proq foydalanilmoqda. Amalda esa hozir rivojlangan mamlakatlarda kompyuterlarning besh guruhi keng qo`llanilmoqda.



Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.

 

Dokument-Microsoft-Office-Word.docx [31.78 Kb] (cкачиваний: 728)
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2019