XVII asrlarda Yevropa san'ati

22 январь 2014, Среда
4 658
0

Italiyada barokko san'ati XVI asr o'rtalariga kelib, Italiyadagi ijtimoiy qarama-qarshiliklar feodal-katolik kuchlarining g'alabasi bilan tugadi.Davlat bo'linib ketgan, iqtisodiy jihatdan tang ahvolda edi. Italiya, Fransiya ( "Fransiya" haqida referat ) va Ispaniya kabi kuchli mamlakatlar hujumiga bardosh bera olmadi. Uzoq kurashlardan so'ng Ispaniya g'olib chiqdi.Shu paytdan boshlab (1559-y.),Italiyaya taqdiri Ispaniya bilan chambarchas bog'Iiq bo'ladi.XVII asrda Italiya san'atining umumiy xarakteri tarixiy rivojining xususiyatlari bilan monand. Italiyada barokko san'ati paydo bo'lib, taraqqiy eta boshladi. Barokko Italiya san'atidagi yetakchi yo'nalish bo'lsa ham, XVII asrda boshqa oqimlar ham mavjud edi. Undan tashqari, realistik oqim ham taraqqiyparvar va demokratik g'oyalarni, xalq fikrini yorituvchi san'at yo'nalishi sifalida Italiyaning barcha yirik shaharlariga sezilarli ta'sir ko'rsatdi.XVII asr Italiya monumental arxitekturasi katolik cherkov va aristokratlarning hamma ehtiyojlariga mos tushadi. Shu paytda asosan ihodalxona va saroylar qurilishi rivojlangan.Rimdagi faoliyati davrida Annibale Karrachi tomonidan yaratilgan kartinalar asosan diniy sujetlarga bag'ishlangan. Shakllarning sovuq ishlanishi hissiy tuyg'ularga o'rin qoldirmaydi. Annibalening tasviriy uslubi figuralarni aniq egiluvchar chiziqlar orqali tasvirlashdan iboratdir. „Iso qabri oldidagi tinchlik keltiruvchi ayollar" asari shu xildagi asarlarning eng o'ziga xosidir. Karrachi manzarani „klassik" uslubda tasvirlovchi san'atkor bo'lib qoladi.Mikelanjelo Merizi da Karavadjo (1574-1610) nomi bilan bog'liq bu oqimning asoschisi yoshligidanoq maishiy janr ustasi sifatida taniladi. Uning „Ud chaluvchi" asari ijodining dastlabki yillaridagi xarakterli ishlaridandir.

XVII asrning dastlabki yillarida yaratilgan mashhur „Tobutga solish" asari kompozitsiyasi ta'sirchanligi va obrazlarning hayotiyligi bilan ajralib turadi. Shogirdining egilgan figurasi nihoyatda hayotiy berilgan bo'lib, Iso gavdasini ushlab turibdi. „Bibi Maryamning ulgurishi" asari ham shit xildagi haqqoniy asardir. Bibi Maryamning yotgan gavdasi oldida Iso shogirdlari chuqur qayg'uda. Asarning janrli xarakteridan rassomning mavzuni an'anaviy talqin qilishdan voz kechganligi seziladi. Bu narsa cherkov tomonidan rassomga norozilik bildirishga sabab bo'ldi.Lorenso Bernini (1599-1680) yuqori barokko san'atining mashhur me'mori va haykallaroshi, shu uslubning xarakterli tomonlarini umumlashtira olgan ijodkordir. Marmar va bronzadan asar ishlashda undan o'tadigani bo'lmagan. U yoshligidanoq o'ziga badiiy yo'nalish topa olgan, birinchi asarlaridayoq' lining mahoratli san'atkor ckanligi sczilib lurardi. 1623-yili „David" haykalini yaratadi. Haykalda Injil qahramonining jismoniy va ruhiy kuch-qudrati jo'sh urgan payti aks ettirilgan.

 

Jahon tarixi haqida referatlarni Jahon tarixi va adabiyoti bo'limidan topishingiz mumkin

 

 

Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.

XVII-asrlarda-Yevropa-sanati.doc [68 Kb] (cкачиваний: 639)

Посмотреть онлайн файл: XVII-asrlarda-Yevropa-sanati.doc  

РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!

 

ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2018