Ilk Paleolit

22 январь 2014, Среда
2 582
0
Ibtidoiy jamoa davri insoniyat taraqqiyoti tarixidagi eng birinchi va uzoq davom etgan bosqichlardan hisoblanadi. Ibtidoiy jamoa tuzumidan bizgacha ashyoviy dalillar-mehnat va ov qurollari, uy anjomlari va bezak buyumlari, odamlar yashagan manzil qoldiqlari etib kelgan. Ular ibtidoiy davr odamlarining estetik va diniy qarashlarini bilishga, ibtidoiy jamoaning madaniyati haqida tasavvur qilishga yordam beradi. Tuproq ostida qolib ketgan moddiy yodgorliklar, odam va hayvonlar jasadining qoldiqlari, g`or va erto`la devorlariga chizilgan surat va bo`rtma tasvirlar ibtidoiy jamoa davri tarixini o`rganishning muhim manbai hisoblanadi. Bu davr maymunga yaqin turgan odam zotining paydo bo`lishidan to mulkiy tengsizlik va dastlabki davlatlar tuzilmalarining paydo bo`lishigacha bo`lgan uzoq bosqichni o`z ichiga oladi.Ma`lumki, uzoq tarixiy davr davomida kishilik jamiyati shakllandi. Inson o`zining yaratuvchanlik faoliyati tufayli (ya`ni mehnati tufayli) oddiy toshdan qurol yasash imkoniyatiga ega bo`ldi. Ilk paytda yasalgan mehnat qurollari toshdan yasalgan bo`lib, bu qurollarni o`rganish orqali insoniyatning ilk tarixiga oydinlik kiritildi.Insoniyatning eng qadimgi davri ilk tosh qurollar davri bo`lib, u arxeologiyada «paleolit» deb ataladi. Paleolit so`zi –grekcha «palayos» - qadimgi, «litos» - tosh degan ikki so`zning birikishidan tashkil topgan.Paleolit – qadimgi tosh davrining sanasi taxminan 2,5 mln yillardan boshlanadi. Odamzod bu davrda minglab yillar davomida rivojlanishi natijasida asta-sekin tajriba to`plab, toshga ishlov berish texnikasini takomillashtirdi; ozuqa to`plashning yangi yullari va yashash sharoitlarini yaxshilashga intildi.Evropadan topilgan va ishlov berilgan toshni inson tomonidan yaratilgan tosh qurol ekanligini ilmiy asosda isbotladi. Keyinchalik poleolit davrini o`rganishda arxeolog G.Martil`ening ilmiy izlanishlari katta ahamiyatga ega bo`ldi. U tosh qurollarning bir-biridan shakli va ishlanishi jihatidan farq qilishiga e`tiborni qaratib, shakl va ishlanishi (texnikasi)ga qarab ularni bir necha taraqqiyot bosqichiga bo`ldi. Tosh qurollar taraqqiyot bosqichlari dastlab topilgan joy nomlari bilan shell, ashel` va must`e deb ataldi.Arxeologlar juda ham sodda, qo`pol va kertib ishlangan tosh qurollarni dastlab topilgan Parij yaqinidagi yodgorlik (makon) nomi bilan shell` qurollari deb atashdi.
Shunga asosan, eng dastlabki (qadimgi) paleolit yodgorliklari «Shell` madaniyati» nomi bilan fanga kiritildi.Arxeologlar tomonidan topib o`rganilgan, ishlanishi jihatidaan shell` qurollaridan keskin farqi bo`lmagan, ammo xiyla taraqqiy qilgan tosh qurollar dastlab topilgan Am`ena shaxri (Fransiya) yaqinidagi Ashel` joyi nomi bilan ashel` qurollari deb ataldi. Ashel` qurollari topilgan yodgorliklar guruhi «Ashel` madaniyati» nomini oldi. Fanga ashel` arxeologik davr sifatida, kishilarning yaratuvchanlik (bunyodkorlik) faoliyatining kichik bosqichi sifatida kiritildi.Yuqorida keltirilgan paleolit bosqichlari arxeologik davrlashtirishga mansub bo`lib, u fakat ibtidoiy jamiyatdagi qurollar yasash xom-ashyosiga, uni ishlash texnikasiga qarab bo`lingan. Ammo bu davrlashtirish ijtimoiy munosabatlar evolyutsiyasini bildirmaydi va belgilamaydi. Jamiyatshunos olimlar ibtidoiy jamiyatni ijtimoiy munosabatlar xarakteriga qarab ibtidoiy tuda va urug`chilik tuzumi davrlariga bo`ladi. Ibtidoiy to`da- paleolitning ilk va o`rta bosqichiga mos bo`lib, so`nggi poleolitda esa urug` munosabatlari shakllanadi.
 
 
Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.
Ilk-Paleolit.doc [74 Kb] (cкачиваний: 339)

Посмотреть онлайн файл: Ilk-Paleolit.doc
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2018