Antik davr arxeologiyasi

22 январь 2014, Среда
3 691
0
Antika iborasi lotincha «antigus» so`zidan olingan bo`lib, u qadimgi degan ma`noni anglatadi. Bu ibora XV asrda Italiya ( "Italiyada uyg'onish adabiyoti" haqida referat ) gumanistlari tomonidan dastlab ishlatilgan bo`lib, u asosan qadimgi Yunon va Rim madaniyati va san`atini ta`riflash uchun qo`llanilgan. U quldorlik davlatlarining paydo bo`lishi, rivojlanishi va inqirozga yuz tutishini ta`riflaydi. Aynan Yunoniston va Rimning qadimgi madaniyat o`chog`i, deb qabul qilinishida ramziy ma`no bor. Chunki bu hududda qadimdan buyuk davlatlar hukm surgan bo`lib, ularning har biri qaysidir ma`noda jahon madaniyatiga ulkan hissa qo`shgan.Markaziy Osiyo hududida qadimgi davrda shakllangan davlatlar ham o`z navbatida jahon tsivilizatsiya tarixida katta o`ringa ega. Sharq tsivilizatsiyasini, shahar madaniyatini Baqtriya, Qadimgi Xorazm, Farg`ona moddiy madaniyatisiz tasavvur etib bo`lmaydi.Markaziy Osiyoning dastlabki davlatlari taraqqiyotining yangi ijtimoiy va iqtisodiy bosqichi mil.av. VI-IV asrlardagi ahmoniylar siyosati bilan bog`liqdir. Miloddan avvalgi 330 yilda Makedoniyalik Iskandar Eron podshosi Doro III qo`shinlarini tor-mor qiladi. Miloddan avvalgi 329-327 yillarda Parfiya va Marg`iyona, Xorazm, Farg`ona va Sirdaryoning shimoliy rayonlari mustaqil bo`lib qoladi. Makedoniyalik Iskandar Salavka davlatini, Markaziy Osiyo tarixida qadimgi dunyo-antik davrni vujudga keltiradi. Mil.av. III asrning o`rtalarida Baqtriya va Parfiya Selavka davlatidan ajralib chiqadi. Baqtriya erlarida Yunon-Baqtriya davlati tashkil topadi.Markaziy Osiyo hududlarining Ahmoniylar imperiyasiga qo`shib olinishi, garchi uning Yaqin Sharq ( "Qadimgi Sharq" haqida referat ) dunyosi bilan madaniy aloqalari kengayishiga sezilarli darajada ta`sir etgan bo`lsada, ammo mintaqada asrlar osha davom etib kelgan moddiy madaniyatning hech bir jabhasida tub o`zgarishlarga olib kelmadi.
Ammo, miloddan avvalgi 330-327 yillarda Iskandarning O`rta Osiyoga qilgan harbiy yurishlari, oqibatida Parfiya, Marg`iyona, Baqtriya, So`g`diyona xalqlari madaniy hayotida iz qoldi.Baqtriya davlatining qaror topishi bilan mahalliy madaniyatga ellinizm elementlarining kirib kelishi jadallashdi. Bu jarayon ayniqsa moddiy madaniyatda, uning me`moriy qurilish jabhalarida yaqqol ko`zga tashlanadi. O`rta Osiyoning janubiy rayonlarini keng xalqaro munosabatlarga tortilishi, o`lka viloyatlarining qadimgi Sharq va Yunoniston, Makedoniya davlatlari bilan keng madaniy va savdo aloqalarda bo`lishi o`z navbatida uning markaziy va shimoliy viloyatlari –So`g`d, Xorazm, Shosh va Qadimgi Farg`onani ham chetlab o`tmadi. O`sha davr madaniy hayotidagi yuksalishlar Baqtriyada Dalvarzintepada, Eski Termiz, Jondavlattepa: So`g`dda Afrosiyob, Erqo`rg`on, Poykent; Xorazmda Jonbasqal`a, Ayozqal`a, Tuproqqal`a; Chochda Qanqa, Shoshtepa, Qovunchitepa; Qadimgi Farg`onada Asxikent, Koson, Marhamat kaba yodgorliklar va yuzlab kichik shaharlar va qishloqlar shaklidagi arxeologik yodgorliklar misolida ko`zga tashlanadi.
 
 
Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.
Antik-davr-arxeologiyasi.doc [73 Kb] (cкачиваний: 567)

Посмотреть онлайн файл: Antik-davr-arxeologiyasi.doc
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2018