Eneolit (mis-tosh) davri

22 январь 2014, Среда
3 988
0
Enolit – lotin va grek so`zlaridan yasalgan bo`lib, «alneus» - lotincha mis, «litos»-grekcha tosh degan ma`noni anglatadi. Eneolit neolit bilan bir vaqtga to`g`ri keladi. Ammo ular orasida xronologik jihatdan katta farq bo`lmasada, madaniy darajalari jihatidan bir-biridan farqlanadi. Masalan, Evropa va Osiyoning ko`p hududlarida miloddan avvalgi IV-III ming yillikda neolit qabilalari yashagan, ular bu vaqtda metaldan xabardor bo`lmagan, ovchilik va baliqchilik bilan shug`ullangan. Evropa va Osiyoning boshqa o`lkalarida aynan shu paytda metaldan bir oz xabardor eneolit qabilalari yashagan va ularning ho`jaliklari odatda dehqonchilik va chorvachilikka asoslangan. Miloddan avvalgi IV ming yillikda (mis) metalning qimmatli xususiyatlari bilib olingan. Natijada dastlabki metallurgiyaga asos solingan.Eneolit davri yodgorliklarida rangli sopol buyumlar ko`plab topilgan. Xitoydan Dunaygacha (Ruminiya) «sopol makonlari» sifatida keng tarqalgan makonlar xarakterli bo`lib, shu xususiyatga ega bo`lgan makonlarda ijtimoiy taraqqiyotning bir xil bosqichi ko`zga tashlanadi. Bir-biriga juda kam o`xshaydigan ijtimoiy-iqtisodiy sharoit hamma erda amaliy san`atning bir-biriga o`xshash shakllarini taqoza etgan. Ammo sopol buyumlar bir-biriga o`xshasa ham aynan bir xil emas.Eneolit makonlari birinchi bo`lib Ikki daryo oralig`i va Misrda vujudga kelgan.Yuqoridagi alomatlar Misr( "Qadimgi Misr" haqida referat ), Mesopatamiya makonlarida, keyinroq Evropa, Markaziy Osiyo yodgorliklarida ko`zga tashlanadi Eneolitda Mesopatamiyada rangdor sopol buyumlarga katakli bezaklar, Misrning rangli sopol buyumlariga esa syujetli suratlar chizilgan. Osiyo va Evropaning keng hududlarida esa rangdor sopol makonlari tarqalgan.Eneolit makonlarining ko`pchiligida, ya`ni dehqonchilikning ibtidoiy usullari tarqalgan hududlarida rangdor sopol buyumlar tarqalgan bo`lsada, ba`zilarida mutlaqo uchramaydi.
Masalan, Germaniya ( "Germaniya" haqida referat ), Frantsiya, Evropaning yana boshqa mamlakatlarida eneolit makonlarida rangli sopol buyumlar yo`q. Aksincha, bu erdagi makonlarda naqshi tasma-tasma qilib o`yilgan kulolchilik buyumlari mavjud bo`lgan. Markaziy Osiyo, xususan O`zbekistondagi eneolit makonlarida sopol buyumlar sirti qizil yoki qora bo`yoqlardan ishlangan geometrik shakllardan iborat bo`lgan.Eneolit makonlari er yuzida dastlab Ikkidaryo va Misrda vujudga kelgan. Yuqorida ko`rsatilgan eneolit besh alomati bu mamlakatlardagi yodgorliklarda mavjud bo`lgan. Masalan, Ikkidaryo oralig`ining rangdor sopol buyumlariga bezaklar chizilgan. Misrning rangli sopol buyumlariga syujetli suratlar solingan. Miloddan avvalgi IV-III ming yillikda Ikkidaryo oralig`i va Misrda (eneolit hali davom etayotgan davrda) quldorlik asosida yuksak madaniyat yuzaga kelgan. Ammo bu vaqtda Osiyo va Evropaning katta hududlarida unumdor ho`jalik shakllari endi rivojlana boshlagan edi.
 
 
Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.
Eneolit-mis-tosh-davri.doc [67.5 Kb] (cкачиваний: 505)

Посмотреть онлайн файл: Eneolit-mis-tosh-davri.doc
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2018