Mezolit davri

23 январь 2014, Четверг
3 039
0

Mezolit  paleolit davridan keyingi davr bo`lib, u miloddan avvalgi 12-7 ming yilliklarni o`z ichiga oladi. Muzlik davrining tugashi paleolitning ob-havosiga nisbatan issiqroq iqlimni shakllantirdi. Flora va fauna dunyosi ham bir oz hozirgi hayvonot va o`simliklar dunyosiga yaqinlashdi.Mezolit termini yunoncha «mezos» - o`rta va «litos» - tosh degan so`zlardan kelib chiqqan. Mezolit davri XIX asrning oxirlarida fanga ma`lum bo`ldi. Mazkur davrga mansub bo`lgan  dastlabki yodgorlik 1887 yilda frantsuz arxeologi D.P`et tomonidan Maz.d. Azil g`oridan topilgan va o`rganilgan.Mezolit davrining xususiyati, chegarasi va atalishi haqida arxeologlar orasida hozirgacha qizg`in baxslar mavjud. Bir guruh olimlar bu davrga qadimgi tosh asrining alohida bosqichi sifatida qarasalar, boshqalari tosh asridan so`nggi bosqichi deb biladilar. Ammo keyingi tadqiqotlar tosh qurollar shakli, qo`llanilishi va ishlash texnikasidagi o`zgarishlar va yangi xususiyatlarni aniqlashi natijasida tosh davrining o`rta bosqichi ekanligi e`tirof etildi.Mezolit davrining quyi va yuqori chegarasini belgilashda ham turli fikr va mulohazalar mavjud. Ko`pgina olimlar mezolit davrining chegarasini aniqlashda geografik muhitga suyansa, boshqalari toshni ishlash texnikasiga asoslanadilar. Uchinchi guruh olimlar esa bu masalada  ho`jalik mashg`ulotlarini birinchi o`ringa qo`yadilar.Mezolit davri tabiiy sharoiti muzlikning erishi bilan o`zgardi. Muzlikning shimolga chekinishi natijasida ko`plab ko`llar, o`simliklar o`sishi uchun yaroqli erlar, botqoqliklar ko`paydi. Dastlabki bosqichda ya`ni 100 000-85000 yillar davomida iqlim subtropik bo`lib, poleolitga ancha yaqin edi. Keyinchalik miloddan avvalgi 85000-50000 yillar davomida issiq va quruq iqlim shakllana boshladi. Janubda iqlim yaxshilanib, bu paytda ko`plab shoxli hayvonlar va yashil o`simliklar tarqaldi. Evropa hududida esa keng bargli yashil o`rmonlar bilan qoplandi. Bu davrda Boltiq dengizi va Shimoliy Evropa ko`llari hozirgi qiyofaga keladi. Muzlik siljishi (Muzlik yiliga taxminan 160 metr siljigan.) bilan odamlar ham shimol tomon harakat qiladi.

Mezolit davriga kelib O`rta Osiyoda sigment, trapetsiya va uchburchak shaklidagi mayda qurolchalar – mikrolitlar paydo bo`ladi. Bu qurollardan odamlar kesish va o`rish maqsadlarida, pichoq va o`roq sifatida keng foydalanganlar. Mezolit davrining eng katta kashfiyoti va yutuqlaridan  biri – kamalak va o`qning kashf etilishi edi. Kamalak va o`q-inson kashf etgan eng dastlabki murakkab moslama bo`lib, u insoniyatning uzoq davom etgan mehnat tajribasi va zakovatining natijasi bo`ldi. O`q yoyning kashf etilishi mezolit davri ishlab chiqaruvchi kuchlarining o`ziga xos inqilobi edi. Avval otiladigan (uloqtiriladigan) qurollar ishlatilar edi. U ma`lum ma`noda jismoniy kuch talab etgan. Yangi sharoitda esa ming yillar davomida shakllangan ov madaniyati o`zgaradi. Ov ob`ekti ham shunga mos holda o`zgarishi tufayli yangi qurolga ehtiyoj sezila boshlaydi. Mezolit davrida kichik hayvonlarning tarqalishi ov usulining o`zgarishiga olib keladi. O`q-yoyning paydo bo`lishi ishlab-chiqarish kuchlarining rivojlanishini taqozo etib, quyidagi xususiyatlar bilan bog`liq edi.

 

Ilk Paleolit haqida referatni bizning saytimizdan topishingiz mumkin.

 

Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.

Mezolit-davri.doc [83 Kb] (cкачиваний: 407)

Посмотреть онлайн файл: Mezolit-davri.doc

РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!

ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2018