» » Vijdon erkinligi - diniy etiqod erkinligi

Vijdon erkinligi - diniy etiqod erkinligi

30 2013,
7 402
0

Vijdon erkinligi va diniy tashkilotlar masalasi ijtimoiy hayotda muhim va murakkab masala bolib kelgan. Chunki uning zamirida shaxsning huquqi, demokratiya, adolatparvarlik va insonparvarlik kabi katta ijtimoiy, siyosiy, huquqiy va axloqiy tushunchalar yotadi. Vijdon erkinligi kishilarning ruhiy olamiga, uning soglom va barkamolligiga bevosita tasir korsatadi. SHuning uchun ham bu masalaning ijtimoiy hayotdagi orni va bajaradigan vazifalari goyat muhimdir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining ustavidan tortib, barcha xalqaro hujjat va shartnomalarda, hamma mamlakatlarning konstitusiya va qonunlarida vijdon erkinligi oz ifodasini topgan. 1948 yilda qabul qilingan inson huquqlari umumiy deklarasiyasiga muvofiq har bir inson fikrlash, vijdon va din erkinligi huquqiga ega. Bu huquq oz dini yoki etiqodini ozgartirish erkinligini, oz dini yoki etiqodiga ozicha, shuningdek boshqalar bilan birgalikda amal qilish kafolatini, ibodat qilishda va diniy marosimlarda yakka tartibda yoki odamlar orasida birga qatnashish erkinligini oz ichiga oladi.


Bundan tashqari bu masala yana bir murakkab hodisani - turli dunyoqarash, etiqodda bolgan kishilar ortasidagi, davlat bilan din, diniy tashkilotlar bilan davlat ortasidagi munosabatlarning amalda huquqiy taminlanishini ham nazarda tutadi.
Odamlar doim turli dunyoqarash va etiqod bilan yashaganlar va yashaydilar. Har kimning oz ichki dunyosi, oz etiqodi boladi.


Vijdon erkinligi qandaydir bir mavhum tushuncha emas, u albatta malum ijtimoiy vaziyatda namoyon boladi. SHuning uchun uni konkret tarixiy, ijtimoiy sharoitsiz, obektiv va subektiv omillarsiz tasavvur qilish qiyin. Bundan tashqari vijdon erkinligi tushunchasini ilmiy talqin qilishda milliy, mafkuraviy va madaniy omillarni ham albatta nazarda tutish kerak.



.

-. TAS-IX!
, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019