Ekzogen konlar

29 2014,
2 327
0

Quyosh nuri, havo, suv va tirik mavjudotning faol ishtirokida yer qobigining ustki qismidagi tub jinslar doim ozgarib, yemirilib turadi. Bu jarayon nurash deb ataladi.Haroratning ozgarib turishi natijasida yemirilish fiziknurash deyiladi. Bunda asosan, haroratning kundalik ozgarishi va suvning muzlashidan kengayishi katta ahamiyatga ega. Malum bolishicha, muzning yer yoriqlari devorlariga tasir kuchi 6000 kg/sm2 ga yetadi.Fizik nurash jarayonida jonli dunyo, ayniqsa osimliklar sezilarli ish bajaradi. Ular birinchidan, ildiz otib suvning chuqurlikka kirib borishiga yordam bersa, ikkinchidan ozida nam saqlab nurash jarayonlari uchun qulay sharoit tugdiradi. Shamol toglardagi yoriq va boshliqlarga kirib, qum va boshqa nurash mahsulotlarini ochirish bilan birga yemirish ishini ham bajaradi. Bu shamol eroziyasi yoki deflyasi ya (lot. deflacio ochirish) deyiladi.Nurash mahsulotlari oz ogirligi bilan pastga qulaydi va migratsiya agentlari yordamida yiroqlarga olib ketiladi. Bu jarayon denudatsiya (lot. denudo yalangoch) deb ataladi. Nurash hodisalarida dengiz ham katta ish bajaradi. Dengiz suvi tolqinlari har qanday mustahkam toshlarni urib sindirishga va ming tonnagacha ogirlikdagilarini dumalatib siljitishga qodir.Tog jinslarida havo kislorodi, karbonat, sulfat kislotalari va ularga boy bolgan suv tasirida sodir boladigan kimyoviy ozgarishlar kimyoviy nurash deyiladi.

Erigan kislorod va kislotalarga boy yomgir va qor suvlarining turli darzliklar va boshliqlar orqali siljishi natijasida tog jinslarining tarkibidagi xloridlar, sulfatlar va karbonatlar erib olib ketiladi. Natijada karstlar (gorlar) va mayda govakchalar hosil boladi.Suv faqat eritish ishinigina emas, balki turli moddalarni tog jinslarining nurash zonasiga eltish, gidratlash va gidrolizlash natijasida yemiriluvchi jins minerallarini tarkibiy qismlarga ajratish, muhitning vodorod korsatkichi (pH), oksidlash va tiklash potensiali (eH) hamda uning kimyoviy tarkibini meyorga keltirib turish kabi muhim ishlarni ham bajaradi.Kimyoviy nurash jarayonlarida juda muhim bolgan oksidlanishni reaksiyalarini bajarishda asosiy agent kisloroddir. Karbonat, sulfat, organik gumus kislotalari va boshqa kislotalar bazi silikatlarni suvda eruvchi karbonat va sulfat birikmalariga aylantirib turishda faol ish bajaradi. Bu kislotalar sulfidlarning oksidlanishidan va organizmlarning chirishidan hosil boladi.Organizmlar, asosan, osimliklar va bakteriyalar kislorod ishlab chiqaradi va uning bir turdan ikkinchi turga otib turishini taminlaydi hamda olish natijasida ozidagi vodorodni tog jinslarining kationlariga (metallariga) almashib, muhitni agressiv kislotalarga boyitib beradi.Kimyoviy nurash jarayonida harorat ham katta rol oynaydi.Malum bolishicha, haroratning 10 ortishi gidroliz reaksiyasini 22,5 marta tezlashtiradi.Yuqorida aytib otilgan ana shu nurash vositalari yordamida tub jinslar turli xil reaksiyalar (oksidlanish, gidratlanish, gidrolizlanish,dializlanish) yordamida doim parchalanib turadi.Kislorod va kislotalar tog jinslarining oksidsiz va chalaoksid holdagi birikmalariga tasir etib, yer yuzida barqaror bolgan oksid va gidrooksid minerallari hosil qiladi (oksidlanish). Tog jinslaridagi eruvchan ishqoriy birikmalar eritmaga otib chiqib ketadi va muhit ishqorsizlanib qoladi.

Konlar haqida qo'shimcha referat.

.

Ekzogen-konlar.doc [109.5 Kb] (c: 127)

-. TAS-IX!

, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019