» » O'zbekiston jismoniy tarbiya tizimida suzish sportining rivojlanishi

O'zbekiston jismoniy tarbiya tizimida suzish sportining rivojlanishi

29 2014,
4 690
0

O'zbekiston jumhuriyati o'zining anhorlari, ko'llari, daryo va sun'iy suv havzalariga ega bo'lgan serquyosh diyordir. Sirdaryo, Amudaryo, Zarafshon, Chirchik, Angren daryolari, Oqdaryo, Qoradaryo kabi daryolar sohillarida yashovchi aholi qadimdan bu tabiiy boyliklarni insonlar manfaati uchun bo'ysundirish bilan kurashib kelganlar. Talaygina kanallar (Farg'ona kanali va boshqalar), suv omborlari (Tuyamo'yin, Chorvoq suv ombori va b. ), bir qator suv havzalari (Rohat ko'li, Toshkent dengizi) bunyodga keltirildi. Ular aholi uchun baliq ovlash, ekin sug'orish, ro'zg'orda foydalanish va shu bilan birga hayotiy zarurat bo'lgan suzishga o'rganish va suzish sportining rivojlanishi uchun manba sifatida xizmat qilib kelmoqda.Suzish sportining boshlang'ich davri O'zbekistonda 1924-1925 yillarga to'g'ri keldi. Garchi bu yillarda maxsus basseynlar qurilmagan bo'lsa ham, birinchi marta gidrostansiyalar bunyod etildi. Masalan, Toshkentda Bo'zsuv to'g'on bilan to'silib, sun'iy suv ombori hosil qilindi. Bu esa o'z navbatida aholining, yoshlarning sevimli dam olish va cho'milish maskani bo'lib qoldi. Sal keyinroq esa ikkita suv stansiyasi qurilib, shu tariqa suzish basseyni va balandlikdan suvga sakrash inshoatlari bunyod etildi. 1927 yilning yoziga kelib jumhuriyatimizda birinchi marta shu suv stansiyasida Toshkent bilan Samarqand shaharlari o'rtasida suzish bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Bu o'z navbatida 1928 yildagi spartakiada qatnashuvchi O'zbekiston terma komandasi a'zolarini saralab olishiga yordam berdi nihoyat, terma komandaga quyidagilar: Nadejda Pak, Nina Lobava, Petr Kravchenko va boshqalar a'zo bo'ldilar. Ammo spartakiadada O'zbekiston ( O'zbekiston haqida referat )terma komandasining suzuvchilari juda bo'sh ishtirok etib, Turkmaniston komandasidagina yuqori-16-o'rinni oldilar. Shunga qaramay, bu spartakiadasi O'zbekiston jumhuriyatining Buxoro, Andijoi, Toshkent, Farg'ona va boshqa shaharlarida ham suzish sportining rivojlanishi uchun turtki bo'ldi.Masalan, Toshkentdagi Milliy bog' ko'lida, Andijon shahar istirohat bog'idagi sun'iy suv havzasida, Buxorodagi istirohat bog'i ichidagi eng katta Labihovuzda suzuvchilar suzish sporti bo'yicha har xil mashg'ulotlar o'tkazadigan bo'ldilar. 1930 yili, Toshkentda yangi turdagi basseynlar barpo etildi. Qad ko'targan yirik korxonalar qoshida zamonaviy basseynlar qurila boshlandi. Masalan, Toshkent to'qimachilik kombinati qoshida uzunligi 50 m keladigan suvi isitiladigan Ochiq basseyn qurib, ishga tushirildi.

1935 yili Andijonning sun'iy suv havzasida birinchi marta jumhuriyat bo'yicha suv sporti bayrami o'tkazildi. Bunda suzish bo'yicha jumhuriyat birinchiligi uchun musobaqa o'tkazildi. Andijon, Qo'qon, Toshkent, Farg'ona shaharlarining eng mohir suzuvchilari o'zaro bellashdilar. Bunda Toshkentliklardan Aleksandr Vajnis 100 va 200 m ga yonboshlab suzish bo'yicha birinchi o'rinni egalladi; Nikolay Zokirov 200 m masofaga erkin suzishda chempion bo'ldi. Valentin Mixaylov 100 va 200 m ga brass usulida suzishda g'olib chiqdi. 100 m ga erkin suzishda esa Andijonlik Nikolay Dovidenko jumhuriyat chempioni degan unvonga sazovor bo'ldi.30-yillardan boshlab davlat tashkilotlarining talab va tashabbusi bilan jumhuriyatda suzish sportini yanada takomillashtirish maqsadida Toshkentdagi temir-yo'lchilar istirohat bog'ida uzunligi 25 m li Ochiq basseyn qurildi va shu yerda suzish bo'yicha bolalarning sport maktabi (DSSH) tashkil etildi. 1939 yili esa Toshkentda maydoni 8 gektar keladigan ko'l bunyod etildi. Ko'lda asosiy baza hisoblangan Dinamo va Spartak suzuvchilar stansiyasi tashkil etildi. Bu bazada keyinchalik jumhuriyatimizning dastlabki murabbiylari yetishib chiqdi. A. K. Omirnov (Hozir O'zbekistonda xizmat ko'rsatgan murabbiy), V. T. Bondarenko (xizmat ko'rsatgan murabbiy), N. T. Shul'jenko, V. I. Mixaylov va boshqalar shular jumlasidan edi. Ular ko'plab yoshlarga ustozlik qilib, mohir suzuvchi sportchilarni yetishtirib berdilar.1939 yilga kelib O'zbekistonda suzish bo'yicha jumhuriyat federasiyasi tuzildi. A. K. Smirnov unga rais etib tayinlandi. 1948 yili Qozog'iston va O'rta Osiyo jumhuriyatlari suzuvchilarining komandalari o'rtasida suzish bo'yicha musobaqa bo'lib o'tdi. Bunda bizning jumhuriyatimiz terma komandasi birinchi o'rinni oldi. Jumuriyatimizda: Anatoliy Gerasimov, Georgiy Pijankov, Rashid Xamzin kabi sport ustalari yetishib chiqdi.Jumhuriyatimiz hukumati suzish uchun sport bazalari qurilishiga katta mablag' ajratdi. Chunonchig. 1949-1955 yillar mobaynida Andijon, Namangan va Ko'qon shaharlarida 25 m li Ochiq basseynlar qurib ishga tushirildi va ular qoshida suzish bo'yicha bolalar va o'smirlar maktabi (BO'SM) ochildi. Alla Mixaylina, Tamara Potapova (Lyagina), Aleksandr Arxipov, Yuriy Frolov, R. Vahobov kabilar bilan suzuvchi sportchilar safi kengaydi. Bular orasida Yuray Frolov 1954 yili 200 m ga batterflyay usulida (2. 32, 6) suzib, chempioni va rekordchisi degan unvonga sazovor bo'ldi.

.

-. TAS-IX!

, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019