» » Ma`muriy huquq subyektlari

Ma`muriy huquq subyektlari

28 2013,
5 537
0

Har bir huquq tarmog`i o`zining subyektlariga ega bo`lib, ular tartibga solinadigan huquqiy munosabatlarning o`ziga xos xususiyatlari bilan tavsiflanadi.
Huquq subyektidan huquqiy munosabat subyekti ni farqlash lozim. Ma`lumki, huquqiy munosabat subyekti bu aniq bir huquqiy munosabatning ishtirokchisidir. Huquq subyekti esa, bu huquqiy munosabatlarda ishtirok eta oladigan hamda subyektiv huquqlar va majburiyatlarga ega bo`lgan shaxslardir.


Huquq subyektlari huquqiy munosabatlarga kirishganida, huquqiy munosabat subyektiga aylanishi mumkin. Lekin huquqiy munosabatda ishtirok etayotgan huquq subyektlari o`zlarining oldingi holatini yo`qotmaydi. Huquq subyektlari bir vaqtning o`zida bir necha huquqiy munosabatlarning ishtirokchilari sifatida namoyon bo`lishi mumkin.

Shu nuqtai nazardan olganda, huquq subyekti huquqiy munosabat subyektiga qaraganda kengroq tushunchadir.
Yuridik adabiyotlarda huquq subyektlari bo`yicha turlicha fikrlar bildirilgan. Aksariyat huquqshunos olimlarining fikricha, ma`muriy huquq subyektlari ikkiga bo`linadi: individual subyektlar va jamoa subyektlar.

.

-. TAS-IX!
, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019