» » - Ozbekiston respublikasining talim togrisidagi qonuni

- Ozbekiston respublikasining talim togrisidagi qonuni

09 2014,
18 751
0

Uzluksiz talim kadrlar tayyorlash tizimining asosi, Ozbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotini tahminlovchi, shaxs, jamiyat va davlatning iqtisodiy, ijtimoiy, ilmiy-texnikaviy va madaniy ehtiyojlarini qondiruvchi ustuvor soha boiib, ijodkor, ijtimoiy faol, mahnaviy boy shaxsning shakllanishi va yuqori malakali raqobatbardosh kadrlarning jadal tayyorlanishi uchun zarurshart-sharoitlarni yaratadi.

Uzluksiz talim jarayoni shaxsning har tomonlama qaror topishi uchun eng qulay davrsanaladi. Mazkur davrda shaxs fan asoslari hamda kasb-hunar mahlumotlarini ozlashtiradi, yuksak mahnaviy-axloqiy sifatlarga ega shaxs va malakali kadr sifatida kamol topib boradi. Unda muayyan dunyoqarash shakllanadi.

Uzluksiz talim quyidagi talim turlarini oz ichiga oladi:

maktabgacha talim;

umumiy orta talim;

orta maxsus, kasb-hunar talimi;

oliy talim;

oliy oquv yurtidan keyingi talim;

kadrlar malakasini oshirish va ularni qayta tayyorlash;

maktabdan tashqari talim.

-.. !

Maktabgacha talim bolaning soglom, hartomonlama kamol topib shakllanishini tahminlaydi, unda oqishga intilish hissini uygotadi, uni muntazam talim olishga tayyorlaydi hamda bola olti-etti yoshga yetguncha davlat va nodavlat maktabgacha talim muassasalari va oilalarda amalga oshiriladi. Bu kabi talim muassasalarining faoliyatini tashkil etishda mahallalar, jamoat va xayriya tashkilotlari, xalqaro fondlar faol ishtirok etadi.

Keyingi yillarda maktabgacha talim muassasalarining yangi tarmogi shakllanib bormoqda. Bu orinda Xonadon bogchasi hamda Bolalar bogchasi - boshlangich maktab majmualarini misol qilib keltirish mumkin. Maktabgacha talim muassasalarida bolalarga tasviriy sanhat, musiqa, til va komputer savodxonligini orgatuvchi guruhlar tashkil etilmoqda. Bu kabi harakatlar maktabgacha talim yoshidagi bolalarning Kadrlar tayyorlash milliy dasturi talablari asosida mahnaviy-axloqiy tarbiyalashga xizmat qiladi.

Umumiy orta talim toqqiz yillik majburiy xarakterdagi umumiy hamda uch yillik majburiy-ixtiyoriy xarakterdagi orta maxsus, kasb-hunar talimidan iborat. Umumiy orta talim boshlangich talimni ham qamrab oladi. Mazkur bosqichda oquvchilarning fanlar asoslari boyicha muntazam bilim olishlari, ularda bilim olish chtiyojining yuzaga kelishi, asosiy oquv-ilmiy va umummadaniy bilimlarning ozlashtirishlari, milliy va umumbashariy qadriyatlarga asoslangan mahnaviy-axloqiy fazilatlar, mehnat, ijodiy fikrlash, atrof-muhitga ongli munosabatda bolish, shuningdek, kasb tanlash konikmalarining shakllanishi uchun pedagogik shart-sharoit yaratiladi. Davlat tomonidan tasdiqlangan namunadagi attestat oquvchilarning umumiy orta va orta maxsus, kasb-hunar mahlumotiga egaliklarini belgilaydi.

:

" "

-. TAS-IX!

, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019