Lizing tushunchasi va uning iqtisodiy tarkibi.
Lizing - lizing shartnomasini amalga oshirish bilan bog`liq iqtisodiy va huquqiy munosabatlarning majmuasi hisoblanadi. Lizingni ajratib turuvchi belgilar quyidagilardan iborat:
• munosabatlarda uchinchi tomon (lizing obьekti sotuvchisi)ning mavjud-ligi;
• shartnoma majburiyatlarining mavjudligi;
• lizingga berish uchun mulkni maxsus tarzda sotib olinishi;
• lizing ob`ektini tadbirkorlik maqsadlarida foydalanishning majbu-riyligi;
Lizing shartnomasi- mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini shartnoma asosida jismoniy yoki huquqiy shaxslarga ma`lum haq evaziga va ma`lum vaqtga va shartnomada belgilangan shartlar asosida topshirish bilan bog`liq shart-nomadir. Shartnoma shartlari O`zbekiston Respublikasining «Lizing to`g`risidagi Qonuni», Fuqorolik Kodeksi va tomonlar kelishuviga asosan belgilanadi.
Lizing faoliyati lizing asosida mulkni sotib olish va undan foydalanish huquqini topshirish bilan bog`liq investitsiya faoliyatidir.
Lizing munosabatlarining ob`ekti bo`lib tadbirkorlik faoliyatida foyd-alanish mumkin bo`lgan har qanday noiste`mol buyumlari hisoblanadi. Amaldagi qonunchilikka asosan quyidagilar lizing ob`ekti bo`lishi mumkin emas:
er bo`laklari va boshqa tabiat ob`ektlari;
intellektual mulk natijalari.
Lizing munosabatlarida buxgalteriya hisobini qiziqtiruvchi subьektlar sifatida «lizingga beruvchi» va «lizingga oluvchi»ni keltirish mumkin.
Lizingga beruvchi bo`lib – o`z yoki jalb qilingan mablag`lar evaziga mulk so-tib olib, uni lizinga oluvchiga haq evaziga ma`lum vaqtga foydalanish uchun yoki keyinchalik egalik qilish sharti bilan taqdim qiluvchi jismoniy yoki hukuqiy shaxsdir.