» » 14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni (slayd)

14 yanvar - Vatan himoyachilari kuni (slayd)

10 2018,
5 616
0
Mustaqillik yillarida zamonaviy, ixcham, mamlakatimiz xavfsizligi va barqarorligi, sarhadlarimizni ishonchli himoya qilish hamda daxlsizligini taminlash boyicha taktik va strategik vazifalarni samarali hal etishga qodir yaxshi qurollangan milliy armiyamizni tashkil etishga qaratilgan ulkan ishlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi.
Ozbekiston Respublikasi Prezidenti, Qurolli Kuchlar Oliy Bosh Qomondoni Shavkat Mirziyoyevning Ozbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tashkil etilganining 26-yilligi munosabati bilan Vatan himoyachilariga bayram tabrigida milliy armiyamizni isloh etish yillarida izchil amalga oshirilgan tub ozgarishlar qayd etilgan, bu boradagi eng dolzarb vazifalar belgilab berilgan.
Ozbekiston Respublikasi Davlat madhiyasi yangraydi. Ushbu tantanali daqiqalarda milliy kuch-qudratimiz, buyuk ajdodlarimizning yuksak zakovati va mustahkam irodasi koz oldimizda namoyon boladi. Vatan himoyachilari qalbida yagona Vatanimiz Ozbekiston bilan faxrlanish tuygulari josh uradi. Ular harbiy orkestr sadolari ostida Mustaqillik maydonidan shaxdam qadamlar bilan tantanali saf tortib otadi.
Vatan himoyachilari kuni va Qurolli Kuchlarimiz tashkil etilganining 26-yilligiga bagishlangan tantanali tadbirlar davom etmoqda. Ozbekiston Respublikasi Mudofaa vazirligida bolib otgan bayram tantanalarida davlatimiz rahbarining bayram tabrigida Vatan himoyachilari oldiga qoyilgan eng muhim vazifalar takidlandi.
.
-. TAS-IX!
, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2018