» » Prezident Islom Karimovning Toshkent shahrida barpo etilgan Vatanga qasamyod haykalining ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi sozi.(12.01.2010)

Prezident Islom Karimovning Toshkent shahrida barpo etilgan Vatanga qasamyod haykalining ochilishiga bagishlangan tantanali marosimdagi sozi.(12.01.2010)

19 2018,
1 307
0

Shu kunlarda xalqimiz, jamoatchiligimiz mamlakatimiz hayotidagi eng qadrli, eng qutlug bayramlar qatoridan orin olgan Vatan himoyachilari kunini keng nishonlamoqda.

Shu munosabat bilan xalqimiz oz hayotini Vatan himoyasiga, uning chegaralari daxlsizligini taminlashga bagishlagan, el-yurt tinchligi va osoyishtaligining posboni bolmish jasur oglonlariga ozining chuqur hurmati va samimiy mehr-muhabbatini yana va yana izhor etmoqda.

Aziz dostlar!

Bugun Vatanimizning mustaqilligini, yurtimiz barqarorligi va xavfsizligini himoyalash, aholimizning tinch va osuda hayotiga qarshi qaratilgan har qanday tajovuz va garazli urinishlarning oldini olish va bartaraf etishda bunday ota muhim va masuliyatli vazifalarni ado etishda milliy Qurolli Kuchlarimizning orni va ahamiyati, hech narsa bilan olchab bolmaydigan hissasi haqida kop gapirish mumkin.

Haqiqatan ham, otgan qisqa davr mobaynida Ozbekistonda bugungi kun talablariga javob beradigan tezkor va ixcham, zamonaviy qurol-yarog va texnika bilan taminlangan, jangovar qobiliyat va tayyorgarlikka ega bolgan, bir soz bilan aytganda, har qanday yovuz kuchga munosib zarba berishga qodir bolgan armiyani barpo etganimiz bilan har qancha faxrlansak arziydi.

Shu borada amalga oshirgan ulkan ishlarimizni tan olgan holda, bugun zamonning ozi oldimizga qoyayotgan talablarni inobatga olib, Qurolli Kuchlarimizning jangovar salohiyati va harakatchanligini kuchaytirish, uni zamonaviy qurol-aslaha bilan taminlash, harbiylarimizning professional malakasi va tayyorgarligini oshirish, ularni va ularning oila azolarining sotsial ehtiyojlarini munosib qondirish, harbiy xizmatni amalda shon-sharaf ishiga aylantirish, muxtasar aytganda, armiyamizning qiyofasini tubdan ozgartirish albatta bizdan hali katta etibor va kuch-imkoniyatlarni safarbar etishni talab qiladi.

Mana shunday hech kechiktirib bolmaydigan va doimiy etiborimizda turishi shart bolgan vazifalarimiz qatorida men bir masalaga alohida urgu berib, uning ahamiyati va manosi haqida toxtalib otishni orinli deb bilaman.

Darhaqiqat, Sohibqiron Amir Temur bobomiz aytganidek, Bilagi zor birni yiqar, bilimi zor, ongi baland mingni.

Lekin, shuni ochiq tan olishimiz darkor, Qurolli Kuchlarimizda xizmat qilayotgan harbiylarimiz, avvalo, armiya safida mashaqqatli sinov va tarbiya maktabini otayotgan yoshlarimizning manaviy olamini yuksaltiradigan va ruhan toblantiradigan bunday timsollarni yaratish masalasiga yetarlicha etibor bermayapmiz.

Agarki bugun koz ongimizda qad rostlagan mana shu muazzam monumentni uzoq yillar uning ornida turgan, eski tizim mafkurasini ifoda etadigan, qiyofasi sovuq haykal bilan qiyoslaydigan bolsak, oylaymanki, ortiqcha gapirishga hojat qolmaydi.

.


: VATANGA-QASAMYOD-MARDLIK-VA-JASORAT-MADHIYASI-12.01.2010.doc

-. TAS-IX!

, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2018