» » Ikkinchi jahon urushi yillarida o`zbek xalqining fashizm ustidan qozongan g`alabaga qo`shgan hissasi

Ikkinchi jahon urushi yillarida o`zbek xalqining fashizm ustidan qozongan g`alabaga qo`shgan hissasi

09 сентябрь 2014, Вторник
20 994
0

Insoniyat juda ko`plab urushlarni boshidan kechirgan bo`lib, bular ichida eng dahshatlisi, 50 milliondan ortiq kishining yostig`ini quritgan, XX asr fojiasi bo`lmish ikkkichi jahon urushidir. Olti yil (1939 yil sentyabr - 1945 yil sentyabr) davom etgan bu urush yer sharining 80% aholisi joylashgan hududni, 61ta mamlakatni o`z ichiga qamrab oldi.
Ikkinchi jahon urushini Angliya, Fransiya va SSSR kabi yirik davlatlar o`rtasidagi ixtiloflar, xususan, paydo bo`lgan dastlabki damlaridanoq tashqi siyosat strategiyasi "jahon proletar inqilobi" mafkurasiga tayanib, butunjahon kommunistik imperiyasini tuzishga qaratilgan sovet davlati hamda Germaniya va Yaponiya kabi agressiv kuchlarning dunyoga hukmron bo`lish uchun intilishlari keltirib chiqardi.

Urushning asosiy aybdorlari jahonga hukmronlik qilish da`vosi bilan maydonga chiqqan Adolf Gitler va Iosif Stalin yurgizgan agressiv siyosat bo`ldi. Fransiya va Angliya siyosiy yetakchilarining javobgarligi shundan iborat bo`ldiki, ular bolshevizm xavfiga qarshi turuvchi kuchni tashkil qilish g`oyasi bilan Germaniyada gitlerchilar partiyasining mustahkamlashuviga yordam beribgina qolmasdan, Avstriyaning Germaniya tarkibiga qo`shib olinishiga (1938 y. mart) va Myunxen bitishuviga (1938 y. sentyabr) yo`l ochib berdilar. Bu esa, Ikkinchi jahon urushining boshlanishi uchun asos bo`lib xizmat qildi.
 

Тулик тайёр рефератни бизнинг сайтдан юклаб олишингиз мумкин.
РЕФЕРАТ НА ЭТУ ТЕМУ СКАЧАЛИ С САЙТА СКАЧАТЬ-БЕСПЛАТНО.ИНФО В TAS-IX!
ГОТОВЫЕ РЕФЕРАТЫ, КУРСОВЫЕ, ПРЕЗЕНТАЦИИ, ДИПЛОМНЫЕ, НОВОСТИ ОБРАЗОВАНИЯ
SKACHAT-BESPLATNO.INFO © 2013-2019