» » Markaziy Osiyo Temur va temuriylar davrida

Markaziy Osiyo Temur va temuriylar davrida

09 2014,
5 812
0

Insoniyat tarixida shunday davrlar borki, unda buyuk ishlarga tayyor millatlar, o`zining yo`lboshchilari yetakchiligida, tarixning muayyan qisqa bosqichlarida ming yillarda qo`lga kiritish mumkin bo`lgan natijalarga erishganlar. Aynan ana shunday davrlar insoniyat tarixiga shu millatga mansub buyuk kishilarning o`chmas nomini bitadi, jaon madaniyatini boyitadi, umumbashariy taraqqiyotga katta ucca bo`lib qo`shiladi.
Temur va temuriylar davri xuddi ana shunday, mo`g`ul bosqinchilaridan ozod bo`lgan xalqimizning milliy daosi eng yuksak cho`qqiga ko`tarilgan davrdir, Bu davr ilm-fani xalqimizning soibqiron Temur boshchiligida ozodlikka erishgan va mustaqillikni saqlash amda mustakamlash uchun amalga oshirgan buyuk ishlarining ifodasidir. Bu xalqimizning markazlashgan davlat tuzish, milliy davlatchiligini tiklash va barqaror qilish, mustaqil yashash orzularining ushalgan davridir.
Temur va temuriylar kabi ilm-fan, madaniyat va san`atni, falsafa va adabiyotni nozikta`b tushungan, o`zlari xam bu soalarda ajoyib yutuqlarga erishgan siyosiy sulolalarni jaon tarixidan topish qiyin. Bu sulola vakillari orasida she`r yozmagan, adabiy mashqlar qilmagan, fanmadaniyatga qiziqmagan biror temuriyzoda bo`lmasa kerak.

Amir Temur ibn Tarag`ay Baodir (1336-1405) Kesh (Sharisabz) shari yaqinidagi Xo`ja Ilg`or qishlog`ida dunyoga keldi. Uning eng asosiy garixiy xizmatlari shundan iboratki, u mo`g`ullarning bosqinchilik va vayronkorliklarita qarshi kurashib, O`rta Osiyoni ulardan xalos etdi. Mayda feodal va mulkdorlarning o`zaro nizolariga baram berib, kuchli markazlashgan davlat barpo qildi. Mamlakatda tartib-intizom va qonun ustuvorligini ta`minladi. Uning davrida Kuch adolatda tamoyili amalga oshdi, iqtisod va madaniyat yuksaldi, o`zga mamlakatlar bilan mustakam aloqalar o`rnatildi.


.

-. TAS-IX!
, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019