» » Amir Temur davrida markazlashgan davlatning tashkil topishi

Amir Temur davrida markazlashgan davlatning tashkil topishi

09 2014,
10 875
0

Amir Temurda davlatga, xarbiy ishlarga bo`lgan qiziqish juda erta uyg`ondi. U jismonan juda baquvvat bo`lgan. Sharqona kurash va mushtlashish usullarini puxta egallagan. Chavandozlik uning eng yaxshi ko`rgan mashqi bo`lgan.Temurning shaxsiy qiyofasi, kuch-qudrati to`g`risida Ibn Arabshoxninig quyidagi iboralari g`oyatda asoslidir. Amir Temur jismu-jasadi kelishgan, qaddi-qomati tik, uzun bo`yli, go`yo qadimgi paxlavonlar avlodlari misoli bo`lib, boshi katta, g`oyatda kuchli va salobatli, o'qish yuzini och qizil rang jonlantirgan bilan xech bir dog`siz, bug`doyrang emas. qo`l oyoqlari baquvvat, yelkalari keng, o`ng oyoq-qo`li cho`loq va shol, ikki ko`zi bamisoli ikki shamdek bo`lsada, shodligi bilinmas, yo`g`on ovozli edi. U o`limdan qo`rqmas, yoshi saksonga yetgan bo`lsada, iztirobsiz, vazmin bo`lib, xazil-mazax va yolg`onni yoqtirmas, garchi unda o`ziga ozor yetadigan biron so`z bo`lsa xam xaqiqat unga yoqar edi. U bo`lib o`tgan ishga aziyat chekmas va qo`lga kiritiladigan yutuqlardan shodlanmas edi1.Soxibqiron Amir Temur ( Amir Temur haqida referat ) tarixan o`ta murakkab vaziyatda-XIV asrning 60-yillarida siyosat maydoniga chiqdi. Bu davrda Chingizxon avlodlari o`rtasida toju-taxt, davlat va mol talashishlar shu darajada kuchayib ketdiki, bu Chig`atoy ulusiga qarashli xududlarga feodal tarqoqlikning yanada chuqurlashuviga sabab bo`ldi. Maxalliy xokimlarning o`zboshimcha xarakatlari natijasida Chig`atoy ulusiga qarashli Movarounnaxr xududida o`nlab mustaqil bekliklar vujudga keldi.Shaxrisabzda-Xoji Barlos, Xo`jandda-Boyazid Jaloyir, Balxda-Amir Xusayn, Shibirg`onda Muxammad Aperdi Nayman, Ko`xistonda-amir Sotilmish, Arxang saroyda O`ljoy Aperdi va boshqalar o`zlarini xokimi mutlaq deb xisoblashardi.Bir yoqdan mo`g`ul xonlari o`tkazayotgan zug`umlar, ikkinchi tomondan esa maxalliy xokimlar o`rtasida to`xtovsiz davom etayotgan nizo va urushlar o`lkani mushkul axvoolga solib, oddiy xalq ommasining turmushini og`irlashtiribgina qo`ygani yo`q, Ayni zamonda boy va zodagonlarning manfaatlariga xam putur yetkazdi. Shu boisdan xam o`lkada feodal tarqoqlika barxam berish, markazlashgan kuchli davlat barpo eti shva so`ngra mo`g`ullar istibdodidan ozod bo`lishga intilish g`oyasi tobora kuchayib bordi. Xalqni ng anna shu xoxish irodasini birinchilar qatorida tushungan maxalliy xokimlardan biriXoji Barlosdir1.Kesh (Shaxrisabz) xokimi Xoji Barlos turklarning barlos Urug`idan bo`lib, Amir temurning amakisi edi.

Tarixiy manbalarning guvoxlik berishicha, 1358 yilda amir qozog`onni ng o`g`li Abdulloxga qarshi kurash boshlagan mo`g`ul amiri Bayon sulduz yonida Xoji Barlos xam bo`lgan. Ular amir Abdulloxga qarshi itifoQ tuzib, qo`lga kiritilgan viloyatlarni o`zaro taqsimlab olish sharti bilan kurashganlar. Ular o`z niyatlarini qisman amalga oshirdilar. Bayon Sulduz bilan Xoji Barlosdan yengilgan Abdullox Andarab tomonga qochib ketadi. Bayon Sulduz Bilan Xoji Barlos Movarounnaxr yerlarining bir qismini egallab oladilar va uni o`zaro taqsimlab idora eta boshlaydilar. Xoji Barlosga Kesh viloyati tegadi. Anna shu tariqa 1358 yilda Qariyib bir yarim asrdan so`ng Movarounnaxrning bir qismida xokimiyatni boshqarish maxalliy axoli vakili qo`liga o`tadi. Shu paytga qadar darslik va adabiyotlarda bu masala yetarli darajada yoritilmay kelingan.

Tarix darsliklarini o`qigan o`quvchidan Movarounnaxrda Maxmud tarobiy qo`zg`olonidan so`ng mo`g`ullarga qarshi xech - qanday xarakat bo`lmagan, - degan bir fikr paydo bo`lar edi. To`g`ri adabiyotlarda XIV asrning 30-yillarida Xurosonda maxalliy axolining vatanparvar va ilg`or qismi bo`lgan sarbadorlar (mo`g`ullarga qarshi kurashda o`z boshlarini dorga tikishga rozi bo`lganlar) mo`g`ullardan kichik bir xududni ozod qilganliklari, o`z davlatlarini barpo etib, xatto Sabzavor shaxrini bu davlatning poytaxtiga aylantirganliklarini ta`kidlanadi. Ammo ularda shaxrisabz bekligining Movarounnaxrda (1361-1362 yil oralig`ida Samaraqandda xam sarbadorlar mo`g`ullarni tor-mor qilib, xokimiyatni qo`lga kiritganlar) 140 yillik mo`g`ullar xukmronligidan so`ng birinchi bo`lib ozodlikka erishganligi xaqidagi muxim masala chetlab o`tilgan. Xolbuki, sarbadorlar xarakati ta`siri ostida Movarounnaxrning Samarqanddan boshqa shaxarlarida xam, xususan Kesh bekligida axolining katta bir qismi erk va ozodlik uchun g`ayrat kamarini maxkam bog`lagan edi. Xatto, bu xarakatga nisbatan xayrixoxlik bilan qaraganlar safida Temur xam bo`lganligi uning keyingi faoliyatida yaqqol ko`zga tashalanadi.Temurbek mo`g`ullar Movarounnaxrga 1360 yil birinchi bor bostirib kelgandayoq, xech ikkilanmay mamlakat va xalqi bilan birga bo`ldi, dushmanga qarshi kurash olib borishga qaror qildi. Dastlabki paytlarda qudratli dushman bilan bir o`zi kurashish imkoniyatiga ega emas edi.

.

-. TAS-IX!

, , , ,
SKACHAT-BESPLATNO.INFO 2013-2019